Skip to main content

Foydalanuvchi identifikatsiyasi (UID)

Operatsion tizimlar 4 xil toifaga bo’linadi:

  1. RealVaqt Operatsion tizimlari
  2. Bir foydalanuvchili yagona vazifali
  3. Bir foydalanuvchi ko’p vazifali
  4. Ko’p foydalanuvchili ko’p vazifali

Linux operatsion tizimi ko’p foydalanuvchili va ko’p vazifali tizim hisoblanadi. Foydalanuvchi nomlari Linuxda quyidagi qoidalar asosida yaratiladi:

  • Maksimal uzunligi 32 simvoldan tashkil topadi;
  • Istalgan belgi qatnashishi mumkin (yangi qator belgisi va ikkinuqta) dan tashqari;
  • Qisqa va eslab qolishga qulay nom.

User Identifier (UID)

  • 0 dan to 2^32-1 gacha son;
  • Foydalanuvchi identifikatori;
  • Operatsion tizim foydalanuvchilarni UID bo’yicha aniqlaydi.

Linuxda foydalanuvchilarning 2 turi mavjud:

  • root (UID 0)
  • Others (UID 0 dan tashqarilar)

Qolgan foydalanuvchilarning o’zi ham 2 turga bo’linadi: 1) Xizmatlar uchun 2) Foydalanuvchi uchun.

Deamon – *NIX tizimlaridagi dastur bo’lib, tizim bilan birga ishga tushadi va orqa fon rejimida ishlaydi. Masalan, httpd, ftpd, sshd…

cat /etc/passwd

root – bu foydalanuvchi nomi.

x – bu oldinlari parol bo’lgan, hozirda barcha foydalanuvchilarda x belgisi qo’yiladi.

0 – bu UID

0 – bu GID

root: – bu izoh

/root – bu foydalanuvchi uy manzili

/bin/bash – bu foydalanuvchining buyruq interpretatori

cat /etc/group

adm – bu guruh nomi

x – bu oldinlari parol bo’lgan, hozirda barcha foydalanuvchilarda x belgisi qo’yiladi.

4 – GID

syslog, pro – bu shu guruhga a’zo foydalanuvchilar

id pro

sudo usermod -aG mail pro

sudo cat /etc/shadow

Identifikatsiya |Autentifikatsiya | Avtorizatsiya

Difference between Identification, Authentication & Authorization -  Defenders Protection Initiative
Difference Between Authentication and Authorization (with Comparison Chart)  - Tech Differences

Foydalanuvchi yaratish va o’chirish

sudo useradd username

sudo passwd username

sudo useradd -m username

ls -la /home/username/

sudo useradd -g users username

sudo useradd -g users -G wheel,developers username

userdel username

userdel -r username

userdel -f username

Linux operatsion tizimida fayllarga ruxsatlar

  1. Read (r) : O’qish ruxsati fayl mazmunini ochish va o’qish imkonini beradi. Lekin siz faylda hech qanday tahrir yoki o’zgartirish qila olmaysiz.
  2. Write (w) : Yozish ruxsati faylni tahrirlash, oʻchirish yoki nomini oʻzgartirish imkonini beradi. Misol uchun, agar fayl katalogda mavjud bo’lsa va yozish uchun ruxsat katalogda emas, balki faylda o’rnatilgan bo’lsa, unda siz fayl mazmunini tahrirlashingiz mumkin, lekin uni o’chira olmaysiz yoki nomini o’zgartira olmaysiz.
  3. Execute (x): Unix tipidagi tizimda siz bajarish ruxsati o’rnatilmasa, dasturni ishga tushira olmaysiz yoki bajara olmaysiz. Ammo Windowsda bunday ruxsat mavjud emas.
File Permissions in Linux / Unix: How to Read, Write & Change?

Ruxsatlar quyida keltirilgan:

RuxsatFayldaKatalogda
r (read)fayl kontentini o’qish mumkin (cat)katalog kontentini o’qish mumkin (ls)
w (write)fayl kontentini o’zgartirish mumkin (vi)katalogda fayl yaratish mumkin (touch)
x (execute)faylni ishga tushirish mumkinkatalogga kirish mumkin (cd)
An Introduction to Linux File Permissions - Boolean World