Skip to main content

Tarmoq injinirining buyruqlari

Ping – tarmoqni diagnostika qiluvchi buyruq. Masalan kimdir internet juda sekin ishlayapti, tarmoq ishlamayapti va h.k. (ping ip –t)
IP config – bu buyruq tarmoq kartalari hozirda ishlayotgan IP addresslarni chiqarib beradi. (ipconfig /all)
Nslookup – bu buyruq qanday dns olganini ko’rsatadi.
Getmac – bu buyruq tarmoq kartalarining mac addresslarini ko’rsatadi. (getmac /fo table /v)
ARP – bu buyruq tarmoqdagi barcha address va mac nomlarini ko’rsatadi. (arp –a)
Tracert – bu buyruq biror servergacha bo’lgan barcha mashrutlarni ko’rsatadi. (tracert google.com)
Putty – barcha interfeyslar orqali qurilma bilan aloqa o’rnatuvchi dasturiy mahsulot.

Tarmoq qurilmasining interfeys sintaksisi

Tarmoq qurilmalariga bog’lanish usullari

Tarmoq qurilmarlariga quyidagi usullar orqali bog’lanish mumkin:

  • Console kabel orqali;
  • Telnet yoki SSH orqali;
  • Web interfeys orqali;
  • Maxsus dasturiy ta’minot orqali (SDM, CSM, IME).

Tarmoq qurilmasiga ulanish uchun zarur bo’lgan narsalar:

  • Kompyuter;
  • Console kabel;
  • Perexodnik Usb-to-Com;
  • Putty/Secure CRT.

Console bog’lanish interfeysi

Telnet bog’lanish interfeysi

    TELNET (inglizcha teletype network) – bu tarmoq orqali matnli terminal interfeysini amalga oshirish uchun tarmoq protokoli (zamonaviy ko’rinishda – TCP transport vositasi yordamida). Protokolning mijoz tomonini amalga oshiradigan ba’zi yordam dasturlari ham «telnet» nomiga ega. Amaldagi protokol standarti RFC 854 da tavsiflangan. Telnetda tarmoqda parol va portlar shifrlanmagan bo’ladi. Wireshark orqali parolni bilish mumkin.

SSH bog’lanish interfeysi

    SSH (inglizcha Secure Shell – «xavfsiz qobiq») – bu operatsion tizimni masofadan boshqarish va TCP ulanishlarini tunnel qilish imkonini beradigan dastur darajasidagi tarmoq protokoli (masalan, fayllarni uzatish uchun). U Telnet va rlogin protokollariga o’xshaydi, ammo ulardan farqli o’laroq, barcha trafiklarni, shu jumladan uzatilgan parollarni shifrlaydi. SSH mijozlari va SSH serverlari ko’plab tarmoq operatsion tizimlarida mavjud.

Ip domain-name – qurilmaga nom berish;
Username – bog’lanish uchun user yaratish;
Crypto key generate rsa – bog’lanish uchun shifr algoritmi;
Line vty 0 4 – telnet orqali interfeysga ulanish (transport input ssh telnet)
Password – password parol bu bog’lanishga parol yaratadi.
Login – login local bu buyruq parolni userga bog’laydi.