Operatsion tizim nima?
Bilamizki har qanday kompyuter texnik qurilmalar yig’indisidan tashkil topadi. Bular, Blok (Case), Onaplata (Motherboard), Markaziy protsessor (CPU), Tezkor xotira (RAM), Doimiy xotira (HDD yoki SSD), Markaziy protsessorni sovutish qurilmasi (CPU cooler), Elektr bloki (PSU) va Kiritish-chiqarish qurilmalari (Input-output devices) monitor, klaviatura, sichqoncha va hokazolar.
Agarda kompyuterda qandaydir dastur ishlatmoqchi bo’lsak, albatta bizga qurilma resurslari zarur bo’ladi. Misol uchun Google Chrome brouzerini ishga tushirish uchun, protsessor, tezkor xotira, dastur qurilma bilan interaktiv ishlashi uchun klaviatura va sichqoncha va foydalanuvchiga beriladigan ma’lumotlarni monitorga chiqarishi kerak bo’ladi.
Operatsion tizim – bu kompyuter texnikasi va foydalanuvchi o’rtasidagi interfeys bo’lib, uning asosiy vazifasi texnik ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) o’rtasidagi aloqani ta’minlash hisoblanadi.