Linux operatsion tizimi, bir necha distributivlarga ega bo’lib, ularning tashqi ko’rinishlari bir-biridan farq qiladi, lekin asosi yagona hisoblanadi. Asos yagona bo’lgani uchun bu tizimda ishlovchi buyruqlar bir hildir. Bu degani, agar siz linux buyruqlarini yaxshi bilib olsangiz, istalgan distributivda bemalol ishlay olasiz. To’g’ri, ba’zi buyruqlar distributivga qarab o’zgarishi mumkin, lekin bular juda kam. Bu tizimda, buyruqlarni yozishda katta kichik harflarga e’tiborliroq bo’ling, linuxda katta-kichik harflar farqlidir.
Tizim haqida ma’lumot olish buyruqlari
free – Swap va RAM xotira haqida umumiy ma’lumot olish.
df – Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma’lumot olish.
date – Hozirgi vaqt va kunni chiqarish.
cal – Hozirgi kalendarni ko’rish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin bo’ladi.
w – Online bo’lib turgan foydalanuvchilarni ko’rish.
whoami – Ishlab turgan foydalanuvchi nomini ko’rish.
cat /proc/cpuinfo – Protsessor haqida ma’lumot olish(CPU).
whereis app – App dasturi qayerda joylashganini ko’rish.
cat /etc/issue – Operatsion tizim versiyasini bilish.
uname –r – Kernel (yadro) versiyasini bilish.
hostname – Operatsion tizim nomini bilish.
uname –m yoki arch – kompyuter arxitekturasini ko’rish.
Fayl va kataloglarga oid asosiy buyruqlar
touch – fayl yaratish.
touch /tmp/file.txt — «tmp» katalogi ichida file.txt nomli fayl yaratib beradi.
mkdir – katalog (papka) ochish. Kerakli joyda papka ochib beradi.
rm – o’chirish buyrug’i.
rm test.txt – test.txt nomli faylni o’chirish.
rm -r test – test nomli papka bo’sh bo’lsa, bu papkani o’chiradi.
rm -rf test – test nomli papkani ichidagi fayllari bilan birga o’chirish.
rmdir – papka o’chirish buyrug’i.
cp – nusxa olish.
cp file1.txt file2.txt — file1.txt nomli faylni shu katalogga file2.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp file1.txt /home/user/test.txt — file1.txt faylini ko’rsatilgan papka ichiga test.txt nomi bilan nusxasini olish.
cp -r test /home/test2 — test nomli papkani ko’rsatilgan adresga test2 nomga o’zgartirib nusxasini olish.
mv – Kataloglar yoki fayllar nomini o’zgartiradi..
mv test.txt new.txt — test.txt faylini new.txt nomiga o’zgartirib o’sha yerga ko’chiramiz, bunda test.txt nomli fayl o’chib ketadi.
cat – Ko’p funksiyali buyruq hisoblanadi. «Cat» buyrug’i fayl mazmunini ko’rsatish uchun ishlatilishi mumkin.
type – Tizimdagi buyruqlarni aniqlaydi. Tashqi dasturmi yoki tizim ichki dasturimi aniqlab beradi.
type rm – rm is /usr/bin/rm.
whereis – buyrug’i orqali ishlab turgan dasturlarni qayerda joylashganligini aniqlash mumkin.
who – Tizimga kim kirganligini aytadi.
nano – Bu matn redaktori bo’lib, agar fayl mavjud bo’lsa ekranda chiqaradi, fayl mavjud bo’lmasa yangidan yaratadi.
vi – Bu matn redaktori bo’lib, agar fayl mavjud bo’lsa ekranda chiqaradi, fayl mavjud bo’lmasa yangidan yaratadi.
vim – Bu matn redaktori bo’lib, agar fayl mavjud bo’lsa ekranda chiqaradi, fayl mavjud bo’lmasa yangidan yaratadi.