Skip to main content

*Dennis Ritchi xotirasiga bag’ishlanadi

    1969-yilda “Bell Labs” ishchilari Ken Tompson va Denis Ritchi C tili asoschilari sifatida bilamiz, UNIX (yuniks) OT’ini yaratishadi. U assembler tilida yozilgan. Keyingi versiyasi B tilida yoziladi va B tili asosida C tili yaratiladi. Uchinchi versiyasining yadrosi esa C tilida yoziladi.

   UNIX operatsion tizimi ochiq kodlik bo’lib, istagan odam uning kodiga o’zgartirish kiritib, o’zining OT’ini yaratishi mumkin edi.

   Lekin “Bell Labs” kompaniyasi “AT&T” kompaniyasiga tegishli edi. “AT&T” esa OT’lardan yaxshigina pul ishlash mumkinligini tushunib, UNIX’ning yangi versiyalarini litsenziyalay boshlaydi. Bu esa UNIX’ning eski, bepul versiyalari ustida qurilgan yangi OT’larni jadal rivojlanishiga olib keladi. Misol uchun Berkeley Universiteti UNIX asosida BSD OT’ini chiqaradi. Uning asosida esa ko’plab yangi OT’lar paydo bo’ladi, jumladan: NetBSD. FreeBSD, OpenBSD, SunOS va hokazo.

   Apple maxsulotlarida ishlatiluvchi MacOS va iOS ham FreeBSD asosida qurilgan. “AT&T” Berkeley Universitetini sudga beradi va sud BSD OT’idan barcha AT&T’da yozilgan kodlar olib tashlanmaguncha, uni tarqatishni ta’qiqlab qo’yadi.

   1983-yilda Richard Stolman – GNU loyihasini yurg’izadi. Loyiha nomi – “GNU is Not Unix” so’zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va “GNU – Unix Emas” ma’nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX’simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko’plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi – ya’ni OT’ning o’zi bo’lmaydi.

   1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX’simon OT’ni taqdim etadi. Uning do’stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so’zlarini qo’shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan.

   Linux ham “ochiq kodlik” bo’lganligi uchun, Linux OT’i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko’p va bir-birga o’xshashki – ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o’zi 300 dan ortiq.

   2008-yilda Linux’ga asoslangan Android OT’i yaratildi.

   2020-yilning statistikasiga qaraganda Linux 100% super kompyuterlarda ishlatiladi. 80% serverlarda esa UNIX’simon OT’lar o’rnatilgan, Bu ham asosan Linux OT’i.

   Ko’rib turganingizdek Denis Ritchi “farzandi” bo’lgan UNIX OT minglab boshqa OT yaratilishiga sababchi bo’ldi. Shu jumladan: Linux, Android, MacOS, iOS, FreeBSD va hokazo. Ularning ishlash prinsiplari bir-biriga juda o’xshash. Shuning uchun ham ularni UNIX oilasi, yoki UNIX’simon OT’lar, ko’pincha esa *nix tizimlari deb aytishadi.

   UNIX OT’ini yozish uchun o’ylab topilgan C tili, hozirgi kunda C++, PHP, Java, C#, Python, JavaScript kabi ko’plab tillar paydo bo’lishiga sababchi bo’lgan.

   Stiv Jobsning vafoti dunyoni larzaga solgani bo’lsada, undan bir hafta o’tib vafot etgan Denis Ritchi o’limi – ommaviy axborot vositalari e’tiborini torgani yo’q. Bu esa adolatdan emas deb hisoblayman.

Manba: https://myblog.uz platformasidan olindi.

Mini kompyuterlar 70-x

Nomlanishi : PDP-7

Yil: 1965

Razryad: 18 bit

Narxi: 72 ming dollar

Ishlab chiqaruvchi: Digital Equipment Corporation (DEC)

UNIX

  • Unics – Uniplexed Information and Computing Service
  • 1969-yil PDP-7 kompyuterlari uchun Assembler tilida yozilgan
  • 1970-yil UNICS
  • 1975-yil to’liq C tilida yozilgan va UNIX deb nomlangan

UNIX rivojlanishi

UNIX filosofiyasi (barchasi faylda)

UNIX operatsion tizim arxitekturasining bir nechta afzalliklari:

  • Fayl tizimi daraxt ko’rinishida (hech qanday disk mavjud emas, barchasi fayl);
  • OS yadrosi tomonidan tuzilgan fayllarni qo’llab-quvvatlamaydi;
  • «Environment variables» tushunchasi;
  • Joriy protsesslarni barcha holat bo’yicha klonlash imkoniyati;
  • stdin/stdout/stderr tushunchalari;
  • Qobiq dastur buyruqlar interpretatori mavjud.

    Terminal OT (Operatsion Tizim) da o’ranatilgan dasturlarga murojaat qilish uchun maxsus dastur. Uni kimdir terminal desa, kimdir console deydi. Windows da command line, ruschasiga комманданая строка, buyruqlar qatori nomli dastur bor bu vazifa uchun.

    Terminal bu oddiygina oynalik dastur. U o’zida hech narsa saqlamaydi. Uning ishlashi uchun boshqa dastur kerak. Eng mashxuri bash. Yana bitta dastur bu shell. Ko’pchilik bash ni qulayroq deb bilishadi, shu jumladan men ham. Lekin hammaning didi har xil.

    Linux OT’ida terminal boshidan o’ranatilgan bo’ladi. U bash yoki, shell da ishlashi tizim moslamalariga bog’liq.

    Mac OT’ida ham terminal o’rnatilgan va odatda u yerda bash dasturi ishlatiladi.

Buyruqlar interpretatori turlari

shSHell
bashBourne again shell
kshKorn shell
cshC shell
pshPerl shell

Sozlamalarni saqlash uchun oddiy matn fayl orqali amalga oshiriladi.

  • Sozlama fayl – oddiy matn fayl
  • To’liq kommentariya orqali yoritish mumkin
  • Dasturlarni ishga tushuruvchi parametrlar yoziladi

Barchasi fayl

  • Qattiq disk
  • Qattiq disk razdellari
  • Portlar
  • Web saytga bog’lanish
  • Ethernet karta
  • Kataloglar

Unixda fayl – oddiy baytlar potoki.

OS yadrosi bilan o’zaro ta’sir

    POSIX (Portable Operating System Interface for UNIX) – standartlar to’plami, operatsion tizimlarning va amaliy dastur (system API) o’rtasidagi interfeys.

  • Operatsion tizim uchun dastur ishlab chiqiladi, kompyuter uchun emas
  • UNIX uchun dastur ishlab chiqiladi, MS-DOS da ishlamaydi u dastur
  • Har bir operatsion tizimda o’zining interfeysi mavjud bo’ladi yadroga murojaat qiluvchi

POSIX qo’llaniluvchi operatsion tizimlar

  • HP-UX
  • IBM AIX
  • INTEGRITY
  • LynxOS
  • Mac OS X
  • Apple iOS
  • Minix

Linux – POSIX standaridan foydalanadi.

Serverlar olamida Linux yetakchi hisoblanadi. Superkompyuterlarning 100% barchasi Linuxda ishlaydi. Serverlarning 80% aynan Linux operatsion tizimi orqali ishlaydi. UNIX operatsion tizimi qayerda ishlatilmoqda?

HP-UX operatsion tizimi

    HP-UX bu UNIX oilasiga mansub HP (Hewlett-Packard) kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi. Quyidagi arxitekturalarda qo’llaniladi:

  • PA-RISC
  • Intel Itanium
  • Apollo/Domain
HP-UX - Wikipedia

Hewlett-Packard Superdome

  • HP Superdome – yuqori ishlab chiqaruvchi server bo’lib, HP kompyanisi tomonidan ishlab chiqilgan.
  • Mahsulotning oxirgi versiyasi «Superdome 2» bo’ilb, 2010-yilda taqdim qilingan.
  • U 2 tadan 32 tagacha yadro slotini qo’llab quvvatlaydi (umumiy 128 yadro) va 4TB operativ xotiraga ega.
  • Bir necha yillab o’chmaslik xususiyatiga ega.
  • Xizmat ko’rsatish muddati 15-20 yilni tashkil qiladi.
  • Kamchilik sifatida yagona blokdan tashkil topganligini keltirish mumkin.
HPE Integrity Superdome 2 Server | HPE Store US

AIX

  • IBM kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi.
  • POWER arxitekturasi asosida ishlovchi serverlarga mo’ljallangan.
  • IBM Power Systems 2008-yil 2-aprelda bozorga kirib kelgan.

Solaris

  • Sun Microsystem kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi
  • SPARC platformasi uchun ishlab chiqilgan
  • 2010 yildan Sun barcha aktivlarini Oracle kompaniyasiga o’tkazgan
  • SPARC Enterprise M9000
  • 4 yadroli SPARC64 protsessori 256 yadrogacha oshirish imkoniyati
  • Uning o’tkazish qobiliyati – 737GB/s

UNIXning sanaot tarmoqlari

    Haqiqatdan bozordagi ulushi juda kam foizni tashkil qiladi. Asosan to’liq tayyor mahsulot ko’rinishida qo’llaniladi (dasturiy va qurilmaviy). Qo’llanish sohalari: Markaziy bank, Kosmik parvozlar markazi, Moliya tizimi (aksiyalar birjasi, mahsulotlar birjasi) va hokazolar.

Linux, afzalligi va kamchiliklari

    Linux operastion tizimini hozirgi kundagi eng ommabop hisoblanmish Windows operastion tizimi bilan solishtirar ekanmiz, biz uni afzallik va kamchiliklarini ko’rib chiqishimiz lozim. Umumiy oladigan bo’lsak Linux operastion tizimini Windows operastion tizimidan zo’r yoki yomon deb aytish noto’g’ri bo’lardi. Chunki Linux operastion tizimi umuman boshqa arxitekturali operastion tizimdir.

    Linux operastion tizimida Windows operastion tizimi oilasiga mansub operastion tizimlardagidek «ПУСК» menyusi yoki bo’lmasa, lokal disk «С:/» ning yo’qligi yangi foydalanuvchiga biroz o’zgacha tuyulishi mumkin. Bu albatta mohir foydalanuvchi yoki dasturlovchi uchun hech qanday to’siq bo’la olmaydi.
    Linux bu birgina operastion tizim emas, balki shu nomdagi yadro asosida yaratilgan operastion tizimilar oilasidir. Linuxning juda ko’p distributivlari mavjud: Debian, Fedora, Gentoo, Mandriva, openSUSE, Red Hat, Slackware, Ubuntu. Ularning barchasini birgina yadro birlashtirib turadi.

    Linux operastion tizimi distributivlari mutlaqo bepul tarqatiladi va yangi chiqqan utilitlar va dasturlar ham shular jumlasidandir. Linux operastion tizimiga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan. U erkin tarqatiladi. Linux distributivlari uchun qo’shimcha yangiliklar, dasturlar, utilitlar dunyodagi ko’pgina dasturlovchilar birlashgan forum va loyihalarda ishlab chiqiladi.

    Windows operastion tizimida biror bir xato yoki kamchilik paydo bo’lsa uni faqatgina Microsoft kompaniyasining o’zigina to’g’rilay oladi va faqatgan rasmiy saytdan uning yangilangan paketlarini yuklab olish mumkin. Linux operastion tizimida xato yuzaga kelsa, uni dasturchilar forumi yordamida bartaraf etish mumkin. Buning sababi Linux ochiq kodli operastion tizim, Windows esa yopiq kodli operastion tizimligidadir.

    Linux ni faqat dasturchilar yoki mohir foydalanuvchilar uchun yaratilgan operatsion tizimi deb o’ylovchilar qattiq yanglishadi. Chunki hozirgi kunga kelib oddiy foydalanuvchilar uchun qo’l keladigan KDE, GNOME, Unity kabi grafik muhitlar mavjud. Ular yordamida turli xil darajadagi foydalanuvchilar operastion tizimida ishlashlari mumkin.

    Windows muhitida ishlab o’rgangan foydalanuvchi Linux operastion tizimi grafik muhitiga moslashishi qiyin kechishi aniq chunki unda menyular va boshqa yarliklar odatiy joyda joylashmagan. Xuddi shunday Linux grafik interfeysida ishlab o’rgangan foydalanuvchi Windows muhitiga moslashishi qiyin kechadi va bir qancha noqulayliklarga duch kelishi aniq.

Linux da viruslar yo’q!

    Umuman olganda Linux operastion tizimi uchun ham viruslar mavjud ammo ularni topish juda qiyin. Operastion tizimning xavfsizlik mexanizmi sodda va ishonchli tuzilgan: operatsion tizimning ishlashiga bevosita ta’sir qiluvchi va xavf tug’diruvchi omillar(tizim sozlashlarini o’zgartirish, dasturlarni o’rnatish va o’chirish uchun administrator paroli so’raladi) yuzaga kelmaydi. Administrator ruxsatisiz tizimda hech qanday o’zgartirish kiritib bo’lmaydi. Linux muxiti faqat siz ruxsat bergan dastur uchun zarur jarayonni ishga tushiradi.

Linux o’rnatish jarayoni biroz qiyin

    Linux distributivi turiga qarab, uni o’rnatish jarayoni farq qiladi. Ba’zi distributivlarda Windows kabi grafik muhit mavjud bo’lsa, ba’zilarida konsol muhitida o’rnatish amalga oshiriladi. Ana shu konsol muhiti buyruqlar bilan ishlashni talab qiladi. Bu esa hamma foydalanuvchilarni qo’lidan kelmaydi.

Linux o’yin o’ynovchilar uchun emas.

    Hozirgi kunga kelib Linux operatsion tizimi uchun yaratilgan o’yinlar Windows uchun yaratilgan o’yinlar bilan tenglasha olmaydi. Linux ni tanlagan foydalanuvchi undan o’yin o’ynashni niyat qilmasligi aniq. Agar siz kelajakda katta video hajmdagi o’yinlarni o’rnatish niyatingiz bo’lsa, u holda Windows ni tavsiya qilamiz.

Linux, mohir dizaynerlar uchun emas.

    Afsuski, bu haqiqat. Ammo bu sizning qaysi soha mutaxassisi ekanligingizga ham bog’liqdir. 3D grafikasi bilan ishlovchi dizaynerlar uchun Linux operastion tizimi da Blender dasturi qo’l keladi. Ammo ushbu dastur 3ds Max kabi natija bermasligi mumkin. Yoki bo’lmasa Windows dagi Adobe Photoshop uchun Linux da GIMP dizaynerlik dasturi mavjud. Linux IT – texnologiya bilan bevosita bog’liq foydalanuvchilar uchun yaratilgan operastion tizimdir.

Linux ga drayverlar kerak emas.

    Linux sizni kompyuteringiz uchun drayverlar qidirishdan ozod etadi. Shuningdek Linux birinchi yuklangandayoq unda kolonka, mikrofon, printer, skaner kabi qurilmalar ishlashni boshlaydi. Ular uchun qo’shimcha dasturlarni o’rnatish shart emas. Ammo video adapterlar uchun qo’shimcha drayverlarni o’rnatish lozim. Biroq ular Windows operatsion tizimidagi kabi yuqori ishlab chiqaruvchanlik bilan ishlamaydi.

Amaliyot

  1. Virtual Box da yangi virtual mashin yaratilsin. (Ubuntu 64 bit, RAM 2 gb, HDD 10 gb, Processor 2 CPU)
  2. Ubuntu image faylni internetdan yuklab olinsin. Serverlar uchun CLI varianti (https://ubuntu.com/download/server) yoki Desktop GUI varianti (https://ubuntu.com/download/desktop)
  3. Virtual Boxda yaratilgan virtual mashinga yuklab olingan *.iso fayl biriktirilsin.
  4. Ubuntu operatsion tizimi o’rnatilsin.