Skip to main content

Tarmoq administratorligi o’quv kursi kimlar uchun mo`ljallangan?

    Tarmoq administratorligi o’quv kursi o’z kelajagini IT texnologiyalar orqali qurmoqchi bo’lganlar uchun zamonaviy tarmoq texnologiyalarini o`rgangan holda, tarmoq qurilmalarini sozlash va ularni real tarmoqlarda tadbiq qilishni o`rganishni xohlovchilar uchun mo`ljallangan. Darslar ma’ruza matnlari, rasmlar, videolar, simmuliyator dasturlar, emmulator dasturlar, tarmoq o’yinlari, tarqatma materiallar orqali olib boriladi.

Kurs qatnashchilariga talablar?

  • Kompyuter va internetda erkin ishlash;
  • Matematikadan bazaviy ko`nikmalarga ega bo`lish;
  • Dasturlashni bilish talab etilmaydi!

Qanday natijaga erishasiz?

  • Tarmoqlarning ishlash prinsiplarini tushunish;
  • Tarmoq qurilmalari va aloqa kabellarini sozlay olish;
  • Tarmoq va qurilmalarning xavfsizligini ta’minlash;
  • Kommutatsiya va marshrutizatsiya protokollarini ishlashini amaliyotda ko`rish;
  • Tarmoq laboratoriyasida real tarmoq qurilmalari bilan ishlagan holda, amaliy holatda tarmoq qurish;
  • Simsiz aloqa tarmoqlari bilan ishlash (WiFi);
  • Tarmoq firewallari orqali tarmoqni boshqarish.

Tarmoq texnologiyalarini qanday o’rganish mumkin?

  • Kitoblar;
  • Internet resurslar;
  • O’quv kurslari.

Nima uchun tarmoqni mustaqil o’rganish qiyin?

  • Tarmoq texnologiyalari va protokollar juda ko’p.
  • Tarmoqni o’rganish: barchasini yoki hech qaysisini (yuqoridagilarni o’rganmasdan to’liq tushunish qiyin).

Muammolar:

  • Mavzular yuzasidan ketma-ketlikning yo’qligi;
  • Ko’plab texnik detallarning tushunish uchun murakkabligi (rasm).

Tarmoq administratori kim?

   Bugungi kunda internet hayotimizning har bir sohasiga kirib anchagina qulayliklar yaratib beryapti. Uning hali foydalanilmagan imkoniyatlari ham talaygina. Endi savol: internet oʻzi nima, u qanday ishlaydi? Bu aslini olganda judayam murakkab savol. Bu savolga batafsil javob berishingiz uchun esa siz tarmoq administratori (network administrator) boʻlishingiz kerak. Bu nafaqat qiziq, balki yaxshigina daromadli soha ham. Xuddi dasturlashdagi kabi, qayerga bormang, sizga doim ish topiladi, “yaxshigina maosh” tayin. Qolaversa, buning uchun universitetni aynan shu sohada bitirib chiqishingiz shart emas.

   Agar dasturchi boʻlsangiz ham, albatta, sizda ancha keng imkoniyatlar mavjud lekin tarmoq administratori dastur yaratmaydi balki tayyor yaratilgan dastur va qurilmalarni soz holatda saqlashga va ulardan unumli foydalanishga javobgar. Bu xuddi buxgalterning ishiga oʻxshaydi: barcha formula va qonun-qoidalar tayyor yozilgan — siz ulardan foydalanib mijozingizning soliq va boshqa majburiyatlarini yengillatishingiz kerak. Tajribangiz oshib borgani sari bu ishlarni karra jadvaliday eplay boshlaysiz.

   Agar imkoniyat va qiziqish boʻlsa, tarmoq administratorining yoniga tizim administratorligini (System administrator) qoʻshishingiz mumkin. Bu kasb egalari server va boshqa maʻlumot markazlarini sozlash uchun javobgar boʻladilar va koʻp hollarda asosiy ishlari Linux operatsion tizimi bilan ishlash boʻladi.

Tarmoq tushunchasi.

Kompyuter tarmog’i – foydalanuvchilarni aloqa kanallari va kommutatsiya vositalarini qo’llagan holda o’zaro ma’lumot almashishlari, tarmoqdagi texnik, dasturiy, axborot resurslaridan foydalanishlari uchun yagona tizimga ulangan kompyuterlar to’plamidir.

U foydalanuvchilarga turli resurslar, kompyuter, mobil telefon, printer, skaner va hokazolar orasida ulanish va axborotni taqsimlash imkonini beradi.

Ko’plab sohalarda, elektrik injiniring, telekommunikatsiya, computer science, axborot texnologiyalarida kompyuter tarmoqlari konsepsiyasidan foydalaniladi.

Keng tarqalgan kompyuter tarmog’i bu – INTERNET.

Tarmoq komponentalari

1. Qurilma:

a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);

b) Oraliq qurilmalari

(router, switch, hub va h.k);

2. Vosita (ulanish usuli):

a) mis (med) kabel:

1) simmetrik – parali kabellar;

2) koaksial;

b) Optik kabel:

1) bir modali – magistralda ishlatiladi;

2) ko’p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;

c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);

3. Xizmat – Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo’ng’iroq, ma’lumot uzatish va h.k).

Tarmoqlarning turlari

LAN (Lokal tarmoqlar)

LAN tarmog’ining afzalliklari:

  • uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi;
  • LAN tarmog‘i foydalanuvchiga о‘zidagi ixtiyoriy tarmoqda ishlash uchun imkoniyatni taqdim etadi;
  • barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.

LAN tarmog’ining kamchiliklari:

  • fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini kо‘rishni talab etadi;
  • fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.

WAN (Mintaqaviy tarmoqlar)

WAN tarmog’ining afzalliklari:

  • WAN tarmog‘i bir – biridan geografik tomondan alohida bo‘lgan tomonlarni kam xarajat va osonlik bilan ulash imkoniyatini beradi.

WAN tarmog’ining kamchiliklari:

  • tuzilish jaxatidan juda ham murakkab;
  • past о‘tkazish qobilyatiga ega va ulanishni uzilish xavfi yuqori.

MAN (Shahar tarmog’i)

MAN tarmog’ining afzalliklari:

  • MAN tarmog‘ida kompyuterlarni bog‘lash kanallari yuqori о‘tkazuvchanlik qobilyatiga egaligi sababli, ma’lumotlarni oson taqsimlash imkoniyatini beradi.
  • Kо‘plab foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqsimlashda teng tezkorlik taqdim etadi.

MAN tarmog’ining kamchiliklari:

  • Birinchi marta foydalanishdan oldin ma’lumot о‘rnatilish va sozlanishlarni talab etadi.
  • LAN tarmog‘iga qaraganda yuqori narxga ega.

PAN (Shaxsiy tarmoq)

Mazkur tarmoq о‘rnatilgan ulanish orqali qurilmalar orasida ma’lumot va fayllarni taqsimlash imkoniyatini beradi.

CAN (Campus tarmog’i)

CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega:

  • narx nuqtai nazaridan samarali;
  • kampusdagi turli bо‘limlar о‘rtasida о‘zaro aloqa о‘rnatish imkoniyatini beradi;
  • ma’lumotlarni taqsimlashda bir xil tezlikni taqdim etadi;
  • buzilishga chidamli;
  • CAN tarmog‘i keyinchalik о‘zgartirish va rivojlantirishga qulay;
  • tarmoqdan foydalanishda foydalanuvchilarni autentifikatsiyadan о‘tkazgani bois CAN tarmog‘i yuqori xavfsizlikni ta’minlaydi.

Tarmoq topologiyalari

YulduzShinaHalqaMeshDaraxtGibrid
Tarmoqdagi kompterlarga kabel orqali ulangan markaziy habdan (tugun) iborat.Tarmoqda yagona kabel barcha kompyuterlarni о‘zida birlashtiradi.Halqa topologiya tarmoqdagi barcha tugunlarni о‘zaro bog‘laydi.Tarmoqdagi barcha kompyuter va tugunlar bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan bо‘ladi.Topologiya shina va yulduz topologiyalarning kombinatsiyasidan tashkil topganGibrid topologiya о‘zida ikkita turli topologiyani mujassamlashtirgan bо‘ladi.
Tarmoqda har bir kompyuter yoki tugun markaziy tugunga individual bog‘langan bо‘ladi.Shina topologiyada ixtiyoriy tugun tomonidan tarmoq “Hello message” (network broadcast) signali uzatiladi.Yuboriluvchi va qabul qilinuvchi ma’lumot TOKEN yordamida manziliga yetkaziladi.Ushbu topologiya biror kompyuter buzilgan taqdirda ham ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashni maqsad qiladi.Daraxt topologiya yulduz topologiyalarni asosiy kabelga ulash orqali hosil qilinadiTashkilot о‘z talablaridan kelib chiqqan holda gibrid topologiya asosida tarmog‘ini quradi.

Yulduz topologiyasi

Yulduz topologiyasining afzalliklari:

  • markaziy hub yoki tugun orqali tarmoqni markazlashgan holda boshqarish;
  • topologiyaga osonlik bilan yangi tugunni kiritish yoki olib tashlash imkoniyati;
  • bir kompyuter tugunining buzilishi qolganlarining ishiga ta’sir qilmaydi;
  • tarmoqdagi bо‘lgan uzilishni osonlik bilan aniqlash mumkin va muammoni osonlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.

Yulduz topologiyasining kamchiliklari:

  • markaziy nuqtadagi bо‘lgan uzilish butun topologiyaga ta’sir kо‘rsatadi;
  • markaziy nuqta sifatida router yoki kommutatordan foydalanish tarmoqni amalga oshirish narxini oshiradi;
  • yangi tugunni tarmoqqa qо‘shish markaziy tugunni imkoniyatiga bog‘liq bо‘ladi.

Shina topologiyasi

Shina topologiyasining afzalliklari:

  • shina tarmoqqa yangi tugunni qо‘shish juda ham oson;
  • amalga oshirishda kam xarajatlik;
  • kichik tarmoqlarda yaxshi ishlaydi;
  • yulduz topologiyaga qaraganda kam kabel talab etiladi.

Shina topologiyasining kamchiliklari:

  • yangi tugun kiritish kabelning uzunligiga bog‘liq;
  • asosiy kabeldagi biror buzilish butun tarmoq ishiga ta’sir qiladi;
  • kabelning har ikkala tomonida terminatorni bо‘lishi shart;
  • xizmat kо‘rsatish narxi yuqori;
  • yuqori tezlikdagi tarmoqlar uchun о‘rinli emas;
  • manbadan uzatilgan signalni barcha tugunlar qabul qilgani kabi, u tarmoqning xavfiszligiga ta’sir qiladi.

Bu topologiyada kompyuterlar kabelga BNC deb nomlangan maxsus ulagich yordamida ulanadi bu ulagichlar T ulagichlari deb ham tanilgan.

Halqa topologiyasi

Halqa topologiyasining afzalliklari:

  • bir tomonga yо‘naltirilgan trafik oqimi;
  • har bir tugun faqat bо‘sh bо‘lgan vaqtdagina ma’lumotni uzata oladi;
  • markazlashgan biror tarmoq serveri talab etilmaydi;
  • shina topologiyana qaraganda amalga oshirish qulayligi (trafik hajmi oshmasligi sababli);
  • barcha tugunlarni ma’lumotdan foydalanishda bir xil imkoniyatga ega;
  • tarmoqda yangi tugunni qо‘shilishi tarmoqning butun о‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.

Halqa topologiyasining kamchiliklari:

  • tarmoqda har bir tugundan signalning о‘tishi sekin jarayon;
  • ixtiyoriy tugundagi buzilish butun tarmoqning buzilishiga olib keladi;
  • tugunlarni ulash uchun kо‘p kabel talab etiladi va bu ortiqcha xarajatni talab etadi;
  • trafik barcha tugunlar uchun taqsimlanadi.

Mesh topologiyasi

Mesh topologiyasining afzalliklari:

  • ma’lumotlarni davomli uzatishga imkoniyat beradi;
  • yuqori trafikni о‘tkazish imkoniyati mavjud;
  • tugunlardan birini buzilishi butun tarmoqqa ta’sir qilmaydi;
  • tarmoqni kengaytirish osonlik bilan amalga oshiriladi.

Mesh topologiyasining kamchiliklari:

  • kо‘plab ulanishlarning mavjudligi sababli yuqori darajali ortiqchalik;
  • boshqa tarmoq topologiyalariga qaraganda yuqori narxga egalik;
  • tarmoqni qurish uchun kо‘p vaqt va ma’muriy ye’tibor talab qiladi.

Bu topologiya mahalliy tarmoqlarda deyarli qo’llanilmaydi asosan internet kabi keng tarmoqlarda qo’llaniladi.

Daraxt topologiyasi

Daraxt topologiyasining afzalliklari:

  • yulduz va shina topologiyalarni amalga oshirish murakkab bо‘lgan holarda foydalanish foydali;
  • tarmoqni osonlik bilan kengaytirish imkonini beradi;
  • ushbu topologiyada yulduz topologiyani loyihalash tugunlarni osonlik bilan boshqarish imkonini beradi;
  • xatoliklarni aniqlash va tuzatish xususiyatlarini ta’minlaydi;
  • har bir yulduz kabel asosiy kabelgan kabellar orqali ulanadi;
  • yulduz topologiyadagi tarmoqni buzilishi qolgan tarmoqlar ishiga xalaqit bermaydi.

Daraxt topologiyasining kamchiliklari:

  • asosiy kabelga yetkazilgan ixtiyoriy buzilish butun tarmoq faoliyatiga ta’sir qiladi;
  • ushbu topologiya tarmoqni osonlik bilan kengaytirish
  • imkonini bersada, butun tarmoqni boshqarish murakkab
  • jarayon hisoblanadi;
  • tarmoqni kengaytirish imkoniyati foydalanilgan
  • asosiy kabel turiga bog‘liq.

Gibrid topologiya

Gibrid topologiyaning afzalliklari:

  • tarmoqning boshqa sektori ishiga ta’sir qilmasdan xatoliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatini ta’minlaydi;
  • qо‘shimcha tugunllarni osonlik bilan qо‘shish imkoniyati;
  • tashkilotlarga о‘z talabidan kelib chiqib tarmoqni loyihalashtirish imkonini beradi;
  • kо‘plab topologiyalarni о‘zida mujassamlashtirish imkoniyatini beradi.

Gibrid topologiyaning kamchiliklari:

  • о‘zida kо‘plab topologiyalarni mujassamlashtirgani bois, arxitekturani juda ham aniqlik bilan loyihalash talab etiladi;
  • gibrid topologiyada kо‘p sonli tarmoq kabellaridan foydalanilgani bois yuqori narxga ega.

Video ma’lumotlar

Amaliy topshiriqlar

Amaliy topshiriqlar va ularni bajarish bo’yicha qo’llanmalar, auditoriya darslarida berib boriladi!