Asosiy kontentga o'tish

    Linux operatsion tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri fayl tizimi. Linuxda, UNIX oilasining boshqa operatsion tizimlarida bo’lgani kabi, har qanday ob’ekt fayl tizimida saqlangan fayl. Linux operatsion tizimida kataloglar strukturasi Windows operatsion tizimidan farq qiladi. Agar siz biror dastur o’rnatmoqchi bo’lsangiz, dastur qayerga o’rnatishni, vaqtinchalik fayllarni qayerga yozishni, sozlama fayllarni qayerga yozishni tizim sizdan so’ramaydi. Chunki Linux katalog strukturasi birmuncha qattiq rejimda ishlashga moslashtirilgan va u ierarxik tuzilishga ega:

linux-filesystem.png

Linuxda fayl tizimidagi kataloglar tasnifi

KatalogTasnifi
/Ildiz katalog, barcha qolgan kataloglar shuning ichida joylashadi.
/binBu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi (cat, ls, cp,..).
/bootLinux yadrosi va yuklashni boshqarish (grub, initrd, lilo va boshqalar) utilitlari saqlanadi.
/devOperatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar (printer, skaner, qattiq disk) fayl ko’rinishida saqlanadi. Kerakli qurilmani ishlashi uchun, shu qurilmaga tegishli maxsus fayl mavjud bo’lishi kerak.
/etcBu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning (Apache, Nginx, Samba) sozlash fayllari joylashadi.
/homeOperatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari saqlanishi lozim bo’lgan joy. Foydalanuvchi o’z hujjatlarini istalgan o’ziga yoqqan katalogda saqlashi mumkin, lekin xavfsizlik uchun linux ushbu joyga saqlashni maslahat beradi. Shuning uchun bu katalogga qattiq diskdan (HDD) alohida joy (razdel) ajratish lozim bo’ladi.
/home/usernameusername foydalanuvchisining shaxsiy katalogi. Bu katalogda foydalanuvchining shaxsiy sozlash fayllari va foydalanuvchining barcha ma’lumotlari saqlanadi. Linux ko’p foydalanuvchililik OT hisoblanadi, shu sababdan barcha foydalanuvchiga o’z shaxsiy fayllarini saqlash uchun shaxsiy katalog ajratiladi.
/rootroot super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, ya’ni root foydalanuvchisining uy katalogi. Bu katalog boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy katalogidan farq qilmaydi. Root foydalanuvchisining imkoniyatlari keng bo’lganligi uchun, uning shaxsiy katalogi alohida asosiy katalog ichida joylashtirilgan.
/libBu katalogda tizim kutubxonlari saqlanadi. Tizim kutubxonalari — /bin /sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim bo’lgan kutubxonalardir.
/mediaOperatsion tizim, avtomat montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni (CD-ROM, USB) shu katalogga montirovka (joylashtiradi) qiladi.
/mntAgar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga «mount» buyrug’i orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi (joylashtiradi).
/optKatta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga o’rnatiladi.
/sbinTizimni boshqarish va sozlash uchun zarur bo’lgan asosiy tizim dasturlar saqlanadi (ifconfig, iptables).
/var/wwwApache yoki Nginx serveri orqali ishlay oladigan web sahifalar joylashadi.
/var/logBarcha log fayllar saqlanadi. Tizim bilan ishlashda muhim kataloglardan biri hisoblanadi.
/var/gamesO’yin fayllari uchun joy.
/varTez-tez o’zgaruvchi fayllar uchun joy. Operatsion tizimning jurnallari, barcha log fayllar, kesh fayllar saqlanadi.
/var/cacheOperatsion tizimga o’rnatilgan barcha dasturlarning keshlari uchun joy.
/var/libIsh jarayonida dasturlar tomonidan o’zgarishi mumkin bo’lgan doimiy hujjatlar uchun joy (misol uchun meta ma’lumotlar, malumotlar bazasi,..).
/var/lockBu katalogda dasturlar tomonidan bloklangan barcha lock fayllar joylashadi.
/var/spoolBunda qayta ishlashni kutayotgan vazifalar saqlanadi. (misol uchun xatlarni jo’natish ketma-ketligi vazifasi yoki printerdan chiqarish ketma-ketligi,..)
/usrBu katalogda barcha o’rnatilgan dastur paketlari, hujjatlari, yadroning kodlari va X Window tizimi saqlanadi.
/procOT ning yadrosi foydalanuvchiga yetkazishi mumkin bo’lgan har xil turdagi ma’lumotlar fayl ko’rinishida shu katalogda saqlanadi. Misol uchun /proc/modules katalogida yadroning barcha yuklangan modullari ro’yxati saqlanadi, /proc/cpuinfo katalogda esa kompyuterning prostessori haqida ma’lumot saqlanadi. Bu katalogdagi fayllar kompyuter yuklanganda hosil bo’ladi.
/lost+foundFayl tizimida yo’qotilgan fragmentlarni qayta tiklash uchun qo’llaniladigan katalog. Misol uchun biror faylni o’chirayotganda, tokning ochishi hisobiga fayl to’liq o’chmaydi, ya’ni ma’lum bir qismi qolib ketadi va shu yerga saqlanadi.
/srvBu katalogda turli xil yashirin ishlovchi prostess ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni ko’rib bo’lmaydi chunki bu yashirin prostesslarning hech qanday interfeyslari yo’q.
/tmpVaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Windows operastion tizimidagi C disk ichidagi Windows katalogidagi TEMP katalogi bilan bir xil. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini o’qishi va katalogga yozishi mumkin.

Linux operatsion tizimiga dastur o’rnatish usullari

Linux operatsion tizimida dasturlarni o’rnatishning 3 xil usuli mavjud:

  • Source kod orqali;
  • Paket orqali;
  • Repozitoriya orqali.

Source kod orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:

+ Dastur kodini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Misol uchun sizda Java tilida yozilgan dastur bo’lsa uni o’zgartirib uni kompilatsiya qilish imkoniyati mavjud.

+ Administrator huquqisiz tizimga o’rnatish mumkin. Home katalogiga kompilyatsiya qilish orqali dasturni ishlatish mumkin.

– Kerakli bo’lgan kutubxonalarni qidirib topish juda uzoq vaqt talab qiladi. Zarur kutubxonani aniqlash zarur, keyin uni qidirib topib dastur ishlashi uchun uni bog’lash zarur. Bu source kodni mashin kodga o’tkazib chiqish orqali amalga oshiriladi.

– Dasturni o’rnatishni boshqarish mavjud emas. Dastur tarkibida nimalar o’rnatilganligini qanday ishlar amalga oshirilganligini bilish imkoniyati yo’q.

Paket orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:

+ Paket bu kompilatsiya bo’lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o’rnatish jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi.

+ Dastur o’rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya o’rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma’lumotlarni boshqarish mumkin.

– O’rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi.

– Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi.

Repositoriya orqali dastur o’rnatish afzallik va kamchiliklari:

    Repostory bu joy bo’lib, u yerda dastur uchun zarur barcha ma’lumotlar fayl ko’rinishida saqlanadi va tarmoq orqali unga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.

  • AppStore (Apple)
  • Play Market (Google)
  • Market (Microsoft)

+ Kerakli barcha kutubxonalarga bog’lanishlar mavjud;

+ Dasturni o’rnatish boshqaruvi mavjud;

+ Qoidalar to’plami bo’lib, barcha jarayonlar repositoriya orqali avtomatik amalga oshiriladi.

Tavsiya qilinadigan variati bu – paket orqali o’rnatish bo’lib, unda versiyasi qanday modullar mavjudligini ko’rish mumkin. Agarda mavjud operatsion tizim uchun paket fayli mavjud bo’lsa, uni yuklab olib o’rnatgan ma’qul hisoblanadi.

Lekin ideal datur o’rnatish usuli bu – repositoriya orqalidir.

Linux operatsion tizimi versiyasi

Linux - bo'yicha darslar.
Tux

Qaysi versiya Linux rasmiy hisoblanadi? Bu savol barcha foydalanuvchilarga qiziq hisoblanadi. Linux operatsion tizimining rasmiy versiyasi mavjud emas!GNU nima?

GNU nima?

    GNU’s Not UNIX so’zlarini qisqartmasi bo’lib, bu abviatura hisoblanadi.

    1983-yilda Richard Stolman – GNU loyihasini yurg’izadi. Loyiha nomi – “GNU is Not Unix” so’zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va “GNU – Unix Emas” ma’nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX’simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko’plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi – ya’ni OT’ning o’zi bo’lmaydi.

     1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX’simon OT’ni taqdim etadi. Uning do’stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so’zlarini qo’shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan.

    Linux ham “ochiq kodlik” bo’lganligi uchun, Linux OT’i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko’p va bir-birga o’xshashki – ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o’zi 300 dan ortiq.

Что такое GNU / Linux? | Обзор операционной системы Linux GNU
  • Linux bu operatsion tizim yadrosi hisoblandi.
  • Operatsion tizim GNU/Linux deb nomlanadi.

Distrubitivlarning bir-birisidan farqlari:

  • Yadro versiyasining turli xilligi;
  • Katalog strukturasining turli xilligi;
  • Paket menejerlarining turli xilligi.
  • Dasturiy ta’minotlarning turli xil to’plamlari bilan ta’minlanganligi.

GNU/Linuxning bir nechta mashhur versiyalari:

    Qaysi distrubitivni tanlagan ma’qul degan savolga – qaysi bir turida dokumentatsiyasi to’liq yaratilgan bo’lsa shuni tanlash zarur.

   O’rganishni boshlashda eng to’liq dokumentatsiyaga ega va oson bo’lgan distrubituvdan boshlagan ma’qul. Agarda juda murakkab turi tanlanadigan bo’lsa, qiziqish yo’qolishi mumkin.

Amaliyot

  1. Linuxda fayl strukturasini to’liq ko’rib chiqish.
  2. pwd buyrug’ini ishlatish.
  3. cd (yo’l) buyrug’ini ishlatish.
  4. cd ~ buyrug’ini ishlatish.
  5. cd .. buyrug’ini ishlatish.
  6. ls buyrug’ini ishlatish.
  7. ls -l buyrug’ini ishlatish.
  8. ls -al buyrug’ini ishlatish.
  9. buyruq –help o’rganish.