{"id":2011,"date":"2022-03-03T23:46:00","date_gmt":"2022-03-03T18:46:00","guid":{"rendered":"https:\/\/step-up.uz\/?p=2011"},"modified":"2022-11-09T10:37:31","modified_gmt":"2022-11-09T05:37:31","slug":"linux-operatsion-tizimi-strukturasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/step-up.uz\/en\/linux-operatsion-tizimi-strukturasi\/","title":{"rendered":"Linux operatsion tizimi strukturasi"},"content":{"rendered":"<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Linux operatsion tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri fayl tizimi. Linuxda, UNIX oilasining boshqa operatsion tizimlarida bo&#8217;lgani kabi, har qanday ob&#8217;ekt fayl tizimida saqlangan fayl. Linux operatsion tizimida kataloglar strukturasi Windows operatsion tizimidan farq qiladi. Agar siz biror dastur o&#8217;rnatmoqchi bo&#8217;lsangiz, dastur qayerga o&#8217;rnatishni, vaqtinchalik fayllarni qayerga yozishni, sozlama fayllarni qayerga yozishni tizim sizdan so&#8217;ramaydi. Chunki Linux katalog strukturasi birmuncha qattiq rejimda ishlashga moslashtirilgan va u ierarxik tuzilishga ega:<\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/nepalisupport.files.wordpress.com\/2016\/06\/linux-filesystem.png?w=660\" alt=\"linux-filesystem.png\" width=\"839\" height=\"397\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Linuxda fayl tizimidagi kataloglar tasnifi<\/h2>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table is-style-regular has-medium-font-size\"><table><thead><tr><th>Katalog<\/th><th>Tasnifi<\/th><\/tr><\/thead><tbody><tr><td><strong>\/<\/strong><\/td><td>Ildiz katalog, barcha qolgan kataloglar shuning ichida joylashadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/bin<\/strong><\/td><td>Bu katalogda operastion tizimning asosiy buyruqlari saqlanadi (cat, ls, cp,..).<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/boot<\/strong><\/td><td>Linux yadrosi va yuklashni boshqarish (grub, initrd, lilo va boshqalar) utilitlari saqlanadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/dev<\/strong><\/td><td>Operatsion tizimga ulangan qurilmalarning fayli saqlanadi. Linux operatsion tizimida, barcha qurilmalar (printer, skaner, qattiq disk) fayl ko&#8217;rinishida saqlanadi. Kerakli qurilmani ishlashi uchun, shu qurilmaga tegishli maxsus fayl mavjud bo&#8217;lishi kerak.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/etc<\/strong><\/td><td>Bu katalogda operatsion tizimning va boshqa dasturlarning (Apache, Nginx, Samba) sozlash fayllari joylashadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/home<\/strong><\/td><td>Operatsion tizim foydalanuvchilarining shaxsiy hujjatlari saqlanishi lozim bo&#8217;lgan joy. Foydalanuvchi o&#8217;z hujjatlarini istalgan o&#8217;ziga yoqqan katalogda saqlashi mumkin, lekin xavfsizlik uchun linux ushbu joyga saqlashni maslahat beradi. Shuning uchun bu katalogga qattiq diskdan (HDD) alohida joy (razdel) ajratish lozim bo&#8217;ladi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/home\/username<\/strong><\/td><td><strong>username<\/strong> foydalanuvchisining shaxsiy katalogi. Bu katalogda foydalanuvchining shaxsiy sozlash fayllari va foydalanuvchining barcha ma&#8217;lumotlari saqlanadi. Linux ko&#8217;p foydalanuvchililik OT hisoblanadi, shu sababdan barcha foydalanuvchiga o&#8217;z shaxsiy fayllarini saqlash uchun shaxsiy katalog ajratiladi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/root<\/strong><\/td><td><strong>root<\/strong> super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, ya&#8217;ni root foydalanuvchisining uy katalogi. Bu katalog boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy katalogidan farq qilmaydi. Root foydalanuvchisining imkoniyatlari keng bo&#8217;lganligi uchun, uning shaxsiy katalogi alohida asosiy katalog ichida joylashtirilgan.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/lib<\/strong><\/td><td>Bu katalogda tizim kutubxonlari saqlanadi. Tizim kutubxonalari \u2014 \/bin \/sbin katalogidagi dastur kutubxonalari va operatsion tizimni ishlashi uchun lozim bo&#8217;lgan kutubxonalardir.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/media<\/strong><\/td><td>Operatsion tizim, avtomat montirovka qila oladigan turli xil qurilmalarni (CD-ROM, USB) shu katalogga montirovka (joylashtiradi) qiladi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/mnt<\/strong><\/td><td>Agar operatsion tizim qurilmalarni avtomat montirovka qila olmasa, foydalanuvchi shu katalogga &laquo;mount&raquo; buyrug&#8217;i orqali kerakli qurilmani montirovka qiladi (joylashtiradi).<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/opt<\/strong><\/td><td>Katta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga o&#8217;rnatiladi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/sbin<\/strong><\/td><td>Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur bo&#8217;lgan asosiy tizim dasturlar saqlanadi (ifconfig, iptables).<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/www<\/strong><\/td><td>Apache yoki Nginx serveri orqali ishlay oladigan web sahifalar joylashadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/log<\/strong><\/td><td>Barcha log fayllar saqlanadi. Tizim bilan ishlashda muhim kataloglardan biri hisoblanadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/games<\/strong><\/td><td>O&#8217;yin fayllari uchun joy.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var<\/strong><\/td><td>Tez-tez o&#8217;zgaruvchi fayllar uchun joy. Operatsion tizimning jurnallari, barcha log fayllar, kesh fayllar saqlanadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/cache<\/strong><\/td><td>Operatsion tizimga o&#8217;rnatilgan barcha dasturlarning keshlari uchun joy.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/lib<\/strong><\/td><td>Ish jarayonida dasturlar tomonidan o&#8217;zgarishi mumkin bo&#8217;lgan doimiy hujjatlar uchun joy (misol uchun meta ma&#8217;lumotlar, malumotlar bazasi,..).<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/lock<\/strong><\/td><td>Bu katalogda dasturlar tomonidan bloklangan barcha lock fayllar joylashadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/var\/spool<\/strong><\/td><td>Bunda qayta ishlashni kutayotgan vazifalar saqlanadi. (misol uchun xatlarni jo&#8217;natish ketma-ketligi vazifasi yoki printerdan chiqarish ketma-ketligi,..)<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/usr<\/strong><\/td><td>Bu katalogda barcha o&#8217;rnatilgan dastur paketlari, hujjatlari, yadroning kodlari va X Window tizimi saqlanadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/proc<\/strong><\/td><td>OT ning yadrosi foydalanuvchiga yetkazishi mumkin bo&#8217;lgan har xil turdagi ma&#8217;lumotlar fayl ko&#8217;rinishida shu katalogda saqlanadi. Misol uchun \/proc\/modules katalogida yadroning barcha yuklangan modullari ro&#8217;yxati saqlanadi, \/proc\/cpuinfo katalogda esa kompyuterning prostessori haqida ma&#8217;lumot saqlanadi. Bu katalogdagi fayllar kompyuter yuklanganda hosil bo&#8217;ladi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/lost+found<\/strong><\/td><td>Fayl tizimida yo&#8217;qotilgan fragmentlarni qayta tiklash uchun qo&#8217;llaniladigan katalog. Misol uchun biror faylni o&#8217;chirayotganda, tokning ochishi hisobiga fayl to&#8217;liq o&#8217;chmaydi, ya&#8217;ni ma&#8217;lum bir qismi qolib ketadi va shu yerga saqlanadi.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/srv<\/strong><\/td><td>Bu katalogda turli xil yashirin ishlovchi prostess ma&#8217;lumotlari saqlanadi. Bu ma&#8217;lumotlarni ko&#8217;rib bo&#8217;lmaydi chunki bu yashirin prostesslarning hech qanday interfeyslari yo&#8217;q.<\/td><\/tr><tr><td><strong>\/tmp<\/strong><\/td><td>Vaqtinchalik ma&#8217;lumot saqlash uchun joy. Windows operastion tizimidagi&nbsp;<strong>C<\/strong>&nbsp;disk ichidagi&nbsp;<strong>Windows<\/strong>&nbsp;katalogidagi&nbsp;<strong>TEMP<\/strong>&nbsp;katalogi bilan bir xil. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini o&#8217;qishi va katalogga yozishi mumkin.<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Linux operatsion tizimiga dastur o&#8217;rnatish usullari<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-black-color has-text-color has-medium-font-size\">Linux operatsion tizimida dasturlarni o&#8217;rnatishning 3 xil usuli mavjud:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"has-medium-font-size wp-block-list\">\n<li>Source kod orqali;<\/li>\n\n\n\n<li>Paket orqali;<\/li>\n\n\n\n<li>Repozitoriya orqali.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Source kod orqali dastur o&#8217;rnatish afzallik va kamchiliklari:<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Dastur kodini o&#8217;zgartirish imkoniyati mavjud. Misol uchun sizda Java tilida yozilgan dastur bo&#8217;lsa uni o&#8217;zgartirib uni kompilatsiya qilish imkoniyati mavjud.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Administrator huquqisiz tizimga o&#8217;rnatish mumkin. Home katalogiga kompilyatsiya qilish orqali dasturni ishlatish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&#8211; Kerakli bo&#8217;lgan kutubxonalarni qidirib topish juda uzoq vaqt talab qiladi. Zarur kutubxonani aniqlash zarur, keyin uni qidirib topib dastur ishlashi uchun uni bog&#8217;lash zarur. Bu source kodni mashin kodga o&#8217;tkazib chiqish orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&#8211; Dasturni o&#8217;rnatishni boshqarish mavjud emas. Dastur tarkibida nimalar o&#8217;rnatilganligini qanday ishlar amalga oshirilganligini bilish imkoniyati yo&#8217;q. <\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Paket orqali dastur o&#8217;rnatish afzallik va kamchiliklari:<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Paket bu kompilatsiya bo&#8217;lgan barcha zarur kutubxonalari joylangan arxivdir. Buni o&#8217;rnatish jarayoni arxiv ochiladi va kerakli kataloglarga fayllar joylanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Dastur o&#8217;rnatishni boshqarish moduli mavjud. Package manager orqali qanday versiya o&#8217;rnatilgan, qanday modullardan tashkil topgan va hokozo ma&#8217;lumotlarni boshqarish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&#8211; O&#8217;rnatish uchun administrator huquqi talab qilinadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&#8211; Paket bu aniq operatsion tizim distrubitivi uchun yaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Repositoriya orqali dastur o&#8217;rnatish afzallik va kamchiliklari:<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Repostory bu joy bo&#8217;lib, u yerda dastur uchun zarur barcha ma&#8217;lumotlar fayl ko&#8217;rinishida saqlanadi va tarmoq orqali unga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"has-medium-font-size wp-block-list\">\n<li>AppStore (Apple)<\/li>\n\n\n\n<li>Play Market (Google)<\/li>\n\n\n\n<li>Market (Microsoft)<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Kerakli barcha kutubxonalarga bog&#8217;lanishlar mavjud;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Dasturni o&#8217;rnatish boshqaruvi mavjud;<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">+ Qoidalar to&#8217;plami bo&#8217;lib, barcha jarayonlar repositoriya orqali avtomatik amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote has-medium-font-size is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p>Tavsiya qilinadigan variati bu &#8211; paket orqali o&#8217;rnatish bo&#8217;lib, unda versiyasi qanday modullar mavjudligini ko&#8217;rish mumkin. Agarda mavjud operatsion tizim uchun paket fayli mavjud bo&#8217;lsa, uni yuklab olib o&#8217;rnatgan ma&#8217;qul hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Lekin ideal datur o&#8217;rnatish usuli bu &#8211; repositoriya orqalidir.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Linux operatsion tizimi versiyasi<\/h2>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.texnoman.uz\/uploads\/blogs\/033a5abc1e686d959f69e3e99f4accd1.jpg\" alt=\"Linux - bo'yicha darslar.\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\">Tux<\/figcaption><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote has-medium-font-size is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p>Qaysi versiya Linux rasmiy hisoblanadi? Bu savol barcha foydalanuvchilarga qiziq hisoblanadi. Linux operatsion tizimining rasmiy versiyasi mavjud emas!GNU nima?<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">GNU nima?<\/h2>\n\n\n\n<p class=\"has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;<strong>G<\/strong>NU&#8217;s <strong>N<\/strong>ot <strong>U<\/strong>NIX so&#8217;zlarini qisqartmasi bo&#8217;lib, bu abviatura hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;1983-yilda Richard Stolman \u2013 GNU loyihasini yurg\u2019izadi. Loyiha nomi \u2013 \u201cGNU is Not Unix\u201d so\u2019zlaridan olingan abbreviatura hisoblanadi va \u201cGNU \u2013 Unix Emas\u201d ma\u2019nosini beradi. Bu loyihadan maqsad: UNIX kodlaridan foydalanmasdan, mutlaqo bepul UNIX\u2019simon OT yararish edi. GNU loyohasida ko\u2019plab dasturlar yaratiladi, lekin ularning yadrosi \u2013 ya\u2019ni OT\u2019ning o\u2019zi bo\u2019lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;1991-yilda Linus Torvalds yangi UNIX\u2019simon OT\u2019ni taqdim etadi. Uning do\u2019stlari hazil tariqasida Linus va UNIX so\u2019zlarini qo\u2019shib, bu tizimni Linux deb atay boshlashadi. Bu nom hozirgacha saqlanib qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Linux ham \u201cochiq kodlik\u201d bo\u2019lganligi uchun, Linux OT\u2019i va GNU dasturlaridan foydalanib istagan odam Linux distributivini yaratishi mumkin edi. Shuning uchun ham dunyoda minglab Linux distributivlari mavjud. Distributiv aslida alohida OT, lekin ular shunchalik ko\u2019p va bir-birga o\u2019xshashki \u2013 ularni Linux distributivi deyishadi. Debian, Ubuntu, Fedora, Kali kabi mashhur distributivlarning o\u2019zi 300 dan ortiq.<\/p>\n\n\n\n<p> <\/p>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter is-resized\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" src=\"https:\/\/observer.com.ua\/wp-content\/uploads\/2017\/10\/AAEAAQAAAAAAAA0xAAAAJGM0N2EyMGYxLWY3ODctNDIzYy1hMWY1LWI0YTBjOWM0NTQ0YQ.png\" alt=\"\u0427\u0442\u043e \u0442\u0430\u043a\u043e\u0435 GNU \/ Linux? | \u041e\u0431\u0437\u043e\u0440 \u043e\u043f\u0435\u0440\u0430\u0446\u0438\u043e\u043d\u043d\u043e\u0439 \u0441\u0438\u0441\u0442\u0435\u043c\u044b Linux GNU\" width=\"450\" height=\"258\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<ul class=\"has-medium-font-size wp-block-list\">\n<li>Linux bu operatsion tizim yadrosi hisoblandi.<\/li>\n\n\n\n<li>Operatsion tizim GNU\/Linux deb nomlanadi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Distrubitivlarning bir-birisidan farqlari:<\/h2>\n\n\n\n<ul class=\"has-medium-font-size wp-block-list\">\n<li>Yadro versiyasining turli xilligi;<\/li>\n\n\n\n<li>Katalog strukturasining turli xilligi;<\/li>\n\n\n\n<li>Paket menejerlarining turli xilligi.<\/li>\n\n\n\n<li>Dasturiy ta&#8217;minotlarning turli xil to&#8217;plamlari bilan ta&#8217;minlanganligi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<h3 class=\"wp-block-heading\">GNU\/Linuxning bir nechta mashhur versiyalari:<\/h3>\n\n\n<div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/step-up.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/image-2.png\" alt=\"\"\/><\/figure>\n<\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-justify has-medium-font-size\">&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;Qaysi distrubitivni tanlagan ma&#8217;qul degan savolga &#8211; qaysi bir turida dokumentatsiyasi to&#8217;liq yaratilgan bo&#8217;lsa shuni tanlash zarur.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote has-medium-font-size is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;O&#8217;rganishni boshlashda eng to&#8217;liq dokumentatsiyaga ega va oson bo&#8217;lgan distrubituvdan boshlagan ma&#8217;qul. Agarda juda murakkab turi tanlanadigan bo&#8217;lsa, qiziqish yo&#8217;qolishi mumkin.<\/p>\n<\/blockquote>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-embed is-type-video is-provider-youtube wp-block-embed-youtube wp-embed-aspect-16-9 wp-has-aspect-ratio\"><div class=\"wp-block-embed__wrapper\">\n<iframe loading=\"lazy\" title=\"Linux 3 - File System\" width=\"1080\" height=\"608\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/9dS6zadm33U?list=PLmbPuZ0NsyGQ19kXW5YbTd3GqP3G4q3aq\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen><\/iframe>\n<\/div><\/figure>\n\n\n\n<h2 class=\"has-text-align-center wp-block-heading\">Amaliyot<\/h2>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\">\n<li>Linuxda fayl strukturasini to&#8217;liq ko&#8217;rib chiqish.<\/li>\n\n\n\n<li>pwd buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>cd (yo&#8217;l) buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>cd ~ buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>cd .. buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>ls buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>ls -l buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>ls -al buyrug&#8217;ini ishlatish.<\/li>\n\n\n\n<li>buyruq &#8211;help o&#8217;rganish.<\/li>\n<\/ol>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>root, bin, lib, opt, var, usr &#8230;<\/p>","protected":false},"author":1,"featured_media":6848,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_editorskit_title_hidden":false,"_editorskit_reading_time":5,"_editorskit_is_block_options_detached":false,"_editorskit_block_options_position":"{}","footnotes":""},"categories":[4],"tags":[],"class_list":{"0":"post-2011","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-administartor"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2011","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2011"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2011\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8339,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2011\/revisions\/8339"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6848"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2011"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2011"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/step-up.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2011"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}