Tarmoqdagi manzillash muammolari
Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan adreslar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, «aqlli uy» kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6 ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. 2021-yilda IOT qurilmalari soni 10 milliarddan oshdi va 2030-yilda 25 trillion bo’lishi tahmin qilinmoqda. Hozirda IPv4 adreslari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan.
IPv4
IP-adreslash asoslari. IP-adres o‘nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob to‘rt oktetlik (32-bitlik) kattalikni o‘zida ifoda etadi. Adresning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa adresi (o‘zida adresning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost adresi (tarmoq segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni bo‘yicha ajratish IP-adreslarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-adreslarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud.
IPv6
IPv6 4-versiyaning vorisi bo‘lgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‘zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Adreslashning kengayishi. IPv6 da adres uzunligi 128 bitgacha kengaytirilgan (IPv4 da 32 bit), bu esa adreslash iyerarxiyasining ko‘proq darajalarini ta’minlash, adreslashtiriladigan tugunlar sonini oshirish, avto-konfiguratsiyani soddalashtirish imkonini beradi.
Amaliy mashqlar
Telegramdan yuborilgan Topshiriq UZ, Topshiriq RU, Topshiriq EN fayllarini ichidagi mashqlarni bajarish!